locale OZ

«Al-Hilol» Darvin Nunyes bo‘yicha rejalarini o‘zgartirdi

Unga "Beshiktosh" ham da’vogarlik qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Al-Hilol» Darvin Nunyes bo‘yicha rejalarini o‘zgartirdi
ФОТО: Getty images

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi hujumchi Darvin Nunyes bo‘yicha rejalarini butunlay o‘zgartirdi.

Insayder Sasha Tavolierining ma’lum qilishicha, urugvaylik futbolchi yaqin orada Turkiyaga borib, "Trabzonspor"ga ijaraga o‘tishini rasmiylashtirishi kerak edi. Biroq vaziyatga Saudiya Pro-ligasining yangi a’zosi — "Al-Diriya" aralashdi.

Manbaga ko‘ra, "Al-Diriya" "Al-Hilol" bilan muzokara boshlab, Nunyesni bir mavsumga ijaraga olish taklifini bildirdi. Klub futbolchining maoshining 75 foizini to‘lashga tayyorligini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, "Al-Hilol" Nunyesning "Al-Diriya"ga o‘tishiga rozilik bergan va "Trabzonspor" bilan olib borilayotgan muzokaralarni to‘xtatgan.

"Liverpul"ning sobiq hujumchisiga Turkiyaning yana bir grandi — "Beshiktosh" ham da’vogarlik qilgan. Biroq Istanbul klubi Nunyesning o‘zi bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelisha olmagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting