locale OZ

“Al-Hilol” Benzema bilan xayrlashishda muammoga duch kelmoqda

Fransiyalik hujumchining amaldagi kelishuvi klubning transfer rejalarini murakkablashtirmoqda.
“Al-Hilol” Benzema bilan xayrlashishda muammoga duch kelmoqda
Foto: Getty Images

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi Karim Benzema bilan shartnomani bekor qilish masalasini hal qilishga urinmoqda. Fransiyalik hujumchining amaldagi kelishuvi klubning transfer rejalarini murakkablashtirmoqda.

Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, “Al-Hilol” Benzema bilan xayrlashishni istamoqda va uning o‘rniga yangi hujumchi izlamoqda. Nomzodlar qatorida “Aston Villa” forvardi Olli Uotkins ham bor. Saudiya klubi angliyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani aytilmoqda.

Biroq Benzema bilan shartnomani bekor qilish oddiy jarayon emas. Futbolchiga to‘lanadigan mablag‘larning bir qismi davlat tuzilmalari orqali amalga oshirilgani sabab kelishuvni bekor qilish uchun liga va tegishli idoralarning roziligi ham talab qilinadi. Benzema esa shartnomasining so‘nggi yili uchun to‘liq to‘lovni olib, erkin agent sifatida ketishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, Karim Benzema 2026-yil fevralida “Al-Ittihod”ni tark etib, “Al-Hilol” safiga qo‘shilgan edi. Hozircha tomonlar futbolchining ketishi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erisha olmagan va bu holat klubning yangi transferlarni amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting