locale OZ

\"Al-Hilol\" 4 nafar legioneri bilan xayrlashmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Al-Hilol" 4 nafar legioneri bilan xayrlashmoqchi
Photo: Getty Images

"Al-Hilol" bosh murabbiyi Simone Inzaghi jamoa tarkibidagi 4 nafar legioner futbolchilar bilan xayrlashmoqchi.

Football Italia xabariga ko‘ra, murabbiy klub rahbariyatiga taqdim etgan ro‘yxatdan Malcom, Aleksandar Mitrovich, Kayo Sezar va Renan Lodi o‘rin olgan.

Bu futbolchilar yangi mavsumda murabbiyning rejalaridan joy olmagan. Klub ularni tezroq sotish yoki ijaraga berish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

O‘tgan mavsumda "Al-Hilol" Saudiya chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi, Osiyo Chempionlar ligasi yarim finali va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati chorak finaligacha yetib bordi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting