locale OZ

Al Ain Cup. Oʻzbekiston Oʻrunovning gollari evaziga Misrni magʻlub etib, finalga yoʻllanma oldi

Hal qiluvchi bahs 18 noyabr kuni Eronga qarshi oʻtkaziladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Al Ain Cup. Oʻzbekiston Oʻrunovning gollari evaziga Misrni magʻlub etib, finalga yoʻllanma oldi
FOTO: UzbekistanFA

Birlashgan Arab Amirliklarida start olgan «Al Ain Cup» turnirining yarimfinal bosqichida Oʻzbekiston milliy jamoasi Misrga qarshi bahs olib bordi va yakunda 2:0 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi.

Dastlab Oston Oʻrunov 4-daqiqada hisobni ochdi. 44-daqiqada esa Oʻrunovning oʻzi yana katta sahnaga chiqib, dublni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, Fabio Kannavaro shogirdlari musobaqa finaliga yoʻllanma oldi. Ushbu bosqichda Oʻzbekiston Eronga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 18 noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Al Ain Cup. Yarimfinal

Oʻzbekiston — Misr 2:0

Gollar: Oʻrunov (4, 44).

O‘zbekiston — Abduvohid Ne’matov, Hojiakbar Alijonov (Farruh Sayfiyev, 90), Abdulla Abdullayev, Husniddin Aliqulov (Rustam Ashurmatov, 90), Abduqodir Husanov, Sherzod Nasrullayev, Aziz Gʻaniyev (Akmal Mozgovoy, 53), Otabek Shukurov (Dostonbek Hamdamov, 69), Odil Hamrobekov, Oston O‘runov (Hojimat Erkinov, 53), Eldor Shomurodov.

Misr — Muhammad Sobhi, Romiy Rabia, Muhammad Hamdiy, Muhammad Haniy, Marvon Atiyya, Hamdiy Fathiӣ, Ahmad Sayyid Zizo, Usama Faysal, Muhammad Saloh, Marvon Usmon, Mustafo Muhammad (Mohsen, 68).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting