Al Ain cup. O'zbekiston Chempion!
Birlashgan Arab Amirliklarida Jahon chempionati - 2026 final bosqichi ishtirokchilari o'rtasida o‘tkazilgan "Al Ain Cup" o‘rtoqlik turniri O'zbekistonterma jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi.
Finalda O‘zbekiston Eronga qarshi o'ynadi. Uchrashuvning asosiy aqtida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida vakillarimiz aniqroq harakat qilishdi - 4:3.
O‘zbekiston terma jamoasi 68-daqiqada Abduqodir Husanovning chetlatilishi tufayli bir kishi kam bo'lib o'yinni yakunladi.
Kecha turnirning uchinchi o‘rin uchun o‘yinida Misr ham Kabo-Verdeni penaltilar seriyasida yenggan edi.
Al Ain Cup. Final
O‘zbekiston - Eron - 0:0, penaltilar seriyasi - 4:3
18-noyabr, 21:00
O‘zbekiston: Abduvohid Ne’matov, Abduqodir Husanov, Farruh Sayfiyev (Rustam Ashurmatov, 88), Otabek Shukurov (Akmal Mozgovoy, 79), Odil Hamrobekov, Aziz G‘aniyev (Xojimat Erkinov,64), Oston O‘runov (Jamshid Iskanderov,64), Sherzod Nasrullayev, Eldor Shomurodov, Abdulla Abdullayev, Husniddin Aliqulov
Eron: Alirizo Beyronvand, Solih Hardani, Majid Hussayni, Shojai Xalilzoda, Milod Muhammadi, Said Izzatullohi (Muhammad Gorbani,10) Saman Goddos (Ali Rizo Kushki, 80), Mehdi Gayedi, Mehdi Taremi, Amirhussayn Husaynzoda (Muhammad Mohibi,80), Ali Alipur
Ogohlantirish: Farruh Sayfiyev (O‘zbekiston) 54
Chetlatish: Abduqodir Husanov (O‘zbekiston) 68