locale OZ

«Al Ain Cup». Misr penaltilar seriyasida Kabo-Verdeni mag'lub etib, 3-o‘rinni egalladi

Final bahsi Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Al Ain Cup». Misr penaltilar seriyasida Kabo-Verdeni mag'lub etib, 3-o‘rinni egalladi
ФОТО: Getty images

"Al Ain Cup" turnirining 3-o‘rin uchun bo‘lgan bahsida Misr terma jamoasi Kabo-Verde bilan kuch sinashib, penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi. O‘yin asosiy vaqtida esa 1:1 hisobi qayd etildi.

Dastlab 7-daqiqada Rodriges Kabo-Verdeni hisobda oldinga olib chiqqan edi. 57-daqiqaga kelib esa "Manchester City" hujumchisi Omar Marmush hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Penaltilar seriyasida esa 2:0 hisobi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirning final uchrashuvi bugun O‘zbekiston - Eron terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

«Al Ain Cup». 3-o‘rin uchun o‘yin
Misr — Kabo-Verde 1:1
Penaltilar seriyasi — 2:0.
Gollar: Marmush (57) — Rodriges (7).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting