«Al-Ahli» Vinisiusga 1 mlrd dollarlik shartnoma taklif qildi – manba
“Al-Ahli” klubi “Real Madrid” hujumchisi Vinisius Juniorga 1 milliard yevrolik shartnoma taklif qilgani haqida jurnalist Ben Jacobs xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Al-Ahli” 25 yoshli braziliyalik futbolchini yozgi transfer oynasi vaqtida o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Hozirda tomonlar ehtimoliy transfer bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Vinisius Junior 2018 yilda “Flamengo”dan “Real”ga 45 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Joriy mavsumda hujumchi “qirollik klubi” safida jami 30 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Vinisiusning bozor qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.