locale OZ

«Al-Ahli» Trinkauni transfer qilishga yaqin

Transfer taxminan 50 million yevroga baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Al-Ahli» Trinkauni transfer qilishga yaqin
ФОТО: Getty images

Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi “Sporting” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Fransisku Trinkauni o‘z safiga qo‘shib olish ustida faol ish olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar ilg‘or bosqichga yetgan. Futbolchining o‘zi ham transferga rozilik bildirgan. Hozirda klublar bitim summasi bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilmoqda. Transfer taxminan 50 million yevroga baholanmoqda.

Fransisku Trinkauni Portugaliya futbolining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida “Braga”, “Barselona” va “Vulverxempton” klublari safida ham to‘p surgan.

O‘tgan mavsumda 25 yoshli vinger barcha musobaqalarda 54 ta uchrashuvda qatnashib, 13 ta gol va 18 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting