locale OZ

Al-Ahli safarda Al-Xaldiyani magʻlub etdi va guruh peshqadamiga aylandi

"Andijon" jamoamiz qatnashayotgan OCHL 2 ning B guruhida 29-oktyabr kuni bitta uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Al-Ahli safarda Al-Xaldiyani magʻlub etdi va guruh peshqadamiga aylandi
photo: Andijon fk
Osiyo Chempionlar Ligasi 2
29.10.2025, Yak.
Al Khalidiyah
1
Al-Ahli
2

"Andijon" jamoamiz qatnashayotgan OCHL 2 ning B guruhida 29-oktyabr kuni bitta uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Bahraynda "Al-Xaldiya" Qatarning "Al-Ahli" jamoasini qabul qildi.

Gap shundaki, B guruhida 3-tur ortda qolgan va oldinda 4-tur bahslari kutmoqda. Biroq "Al-Xaldiya" - "Al-Ahli" uchrashuvi 5-tur doirasida oʻtkazildi. Ushbu bellashuvning barvaqt oʻtishiga sabab shuki, Bahrayn terma jamoasining Arab Kubogi saralashida qatnashishi inobatga olinib, taqvim eʼlon qilinganida ham ushbu oʻyin 29-oktyabrga belgilangan. "Andijon" esa 5-turni 26-noyabr kuni "Bobur arena"da Turkmanistonning "Arkadag" klubiga qarshi oʻtkazadi.

29-oktyabr. "Al-Xaldiya" - "Al-Ahli" -1:2 (0:0).
Gollar: Dris Fettouhi, 65 - 0:1. Muhammad Al Romayhi, 74 - 1:1. Sekou Yansan, 90 - 1:2.

OCHL2. “B” guruhi.

30-oktyabr holatiga musobaqa jadvali

1.“Al-Ahli” 4 1 3 0 4-3 6
2.“Al-Xaldiya” 4 1 2 1 3-2 5
3.“Andijon” 3 0 3 0 0-0 3
4.“Arkadag” 3 0 2 1 2-4 2

4-turda uchrashadilar

5 noyabr (chorshanba)

19:00. “Al-Xaldiya” - “Andijon”
18:45. “Arkadag” - “Al-Ahli”

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting