«Al Ahli» - «Paxtakor». O‘zaro o‘yinlarda kim ustun?
14 sentyabr kuni "Paxtakor" Elit Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-turida "Al Ahli" bilan Jiddada to‘qnash keladi.
Raqib Elit liganing oxirgi ikki mavsumida g‘alaba qozongan va amaldagi chempion hisoblanadi.
Ushbu jamoaga qarshi 4 marta to‘qnash kelganmiz. O‘sha o‘yinlarda 2tadan g‘alaba va mag‘lubiyat qayd etilgan. 2005 yil Toshkentda o‘tgan uchrashuvda Leonid Koshelev va Anvar Soliyevning gollari evaziga 2:1 hisobida "Sherlar" g‘alaba qozonishgan. 2019 yil esa "Paxtakor"da Marat Bikmayevning yagona goli jamoamizga g‘alaba keltirgan. Mehmondagi bahslar 3:0 va 2:1 hisoblarida mezbonlar foydasiga hal bo‘lgan. Safardagi yagona gol Igor Sergeyev hisobiga yozilgan.
Jiddada o‘tadigan bellashuvni Sardor Sobirxo‘jayev diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuboradi.
"Al Ahli" va "Paxtakor" o‘rtasidagi o‘yin 14 sentyabr, dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 23:15da Jiddada joylashgan "Qirol Abdulloh sports siti" stadionida boshlanadi.