\"Al-Ahli\" Messini o‘z safiga olib kelmoqchi
Photo: Getty Images
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda L'Equipe xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchini "Al-Ahli" o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Saudiya Arabistoni klubi forvardni "Inter Mayami" bilan shartnomasi yakunlanadigan dekabr oyida jamoaga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.
Qayd etilishicha, MLS klubi Leonelni saqlab qolmoqchi. Avvalroq klub bilan muzokaralarga kirishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma'lumot uchun, "Al-Ahli"da darvozabon Eduar Mendi ("Chelsi" sobiq a'zosi), himoyachi Merih Demiral ("Yuventus"), vinger Riyad Marez ("Manchester Siti") va hujumchi Roberto Firmino ("Liverpul") kabi yulduzlar bor.
Bahrom Bobonov
Redaktor