\"Al Ahli\" ilk bor OChL g'olibi bo'ldi
Photo: Getty Images
3 may kuni Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” hamda Yaponiyaning “Kavasaki” klublari o‘rtasida Osiyo Chempionlar Ligasi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Final bahsida "Al-Ahli" Yaponiyaning “Kavasaki” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, OChL g‘olibiga aylandi. Dastlab 35-daqiqada hisobni “Al-Ahli”ning braziliyalik hujumchisi Galeno ochdi. 42-daqiqada esa “Milan” va “Barselona”ning sobiq futbolchisi Frank Kessier jamoasining ustunligini mustahkamladi.
Osiyo Chempionlar Ligasi. Final.
“Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) 2:0 “Kavasaki” (Yaponiya)
Gollar: Galeno 35, Kessier 42.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist