locale OZ

«Al Ahli» – «Andijon» uchrashuvi boʻlib oʻtadigan “Al Tumama” stadioni haqida

“Al-Tumama” stadioni 2021-yil 21-oktyabr kuni foydalanishga topshirilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Al Ahli» – «Andijon» uchrashuvi boʻlib oʻtadigan “Al Tumama” stadioni haqida
ФОТО: Getty images

Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasining guruh bosqichi so‘nggi turida “Andijon” jamoamiz Qatar poytaxti Doha shahrida “Al-Ahli”ga qarshi maydonga tushishidan xabaringiz bor.

Ushbu muhim uchrashuvni oʻzida oʻtkazadigan muhtasham “Al-Tumama” stadioni haqida muxlislarimiz eshitishgan. Sababi, ushbu arena 2022-yili Qatarda boʻlib oʻtgan jahon chempionati oʻyinlariga mezbonlik qilgan.

“Al-Tumama” stadioni 2021-yil 21-oktyabr kuni foydalanishga topshirilgan. Stadion 44 400 muxlisni sig'dira oladi.

“JCH-2022”da ushbu arenada guruh bosqichi doirasida Senegal – Niderlandiya (0:2), Ispaniya – Kosta-Rika (7:0), Qatar – Senegal (1:3), Belgiya – Marokash (0:2), Eron – AQSH (0:1), Kanada – Marokash (1:2), 1/16 finalda Fransiya – Polsha (3:1) va 1/4 finalda Marokash – Portugaliya (1:0) uchrashuvlari boʻlib oʻtgan.

“Al-Ahli” klubi guruh bosqichidagi oʻz maydonida oʻtgan dastlabki ikkita oʻyin – “Al-Khaldiya” va “Arkadag” jamoalarini ham “Al-Tumama”da qabul qilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting