locale OZ

«Al-Ahli» - «Andijon» oʻyinini iroqlik hakamlar boshqarishadi

“Al-Ahli” - “Andijon” uchrashuvi 24-dekabr kuni Toshkent vaqti билан 21:00 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Al-Ahli» - «Andijon» oʻyinini iroqlik hakamlar boshqarishadi
ФОТО: Getty images

OCHL 2 musobaqasining “B” guruhi, 6-tur doirasidagi “Al-Ahli (Qatar) - “Andijon” (Oʻzbekiston) oʻrtasidagi oʻyinni iroqlik hakamlar brigadasi boshqaradi.

Unga koʻra, bosh hakam vazifasini Zaid Tamer Muhammad bajaradi.

35 yoshli hakam joriy yilgi mavsumda Iroq yulduzlar ligasida 6 ta, OCHL Elit (“Al-Sadd” - “Sharja” - 1:1) va OCHL 2 da (“Tampines Rovers” - “Poxan” - 1:0) 1 tadan oʻyinlarni boshqargan. Shuningdek, U23 Osiyo Kubogi saralashida (OAE - Eron - 2:3) ham 1 ta oʻyinda hakamlik qildi.

Bosh hakam: Zaid Tamer Muhammad (Iroq)

Yordamchi hakamlar: Xaydar Abdulxassan Ali Ulbaydi, Amir Dovud Xusseyn Alvindavi (ikkisi ham Iroq)

Zaxira hakami: Axmed Kadim Gatea Ristam (Iroq)

Nazoratchi: Xidoyat Mombeni (Eron)

Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston)

Eslatib oʻtamiz, “Al-Ahli” - “Andijon” uchrashuvi 24-dekabr kuni Toshkent vaqti билан 21:00 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting