locale OZ

«Al-Ahli» 25 mln yevroga 20 yoshli futbolchini sotib oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Al-Ahli» 25 mln yevroga 20 yoshli futbolchini sotib oldi
ФОТО: Getty images

Fransiya yoshlar terma jamoasi yarim himoyachisi, 20 yoshli Valentin Atanyana "Reims"dan Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubiga o'tdi.

Qayd etilishicha, transfer summasi 25 million yevroni tashkil etdi.

"Hammasi uchun rahmat, Valentin. "Reims" sen qanday futbolchi va inson bo'lib etishganingdan faxrlanadi va senga keyingi faoliyatingda katta muvaffaqiyatlar tilaydi. Biz sening yo'lingni katta diqqat va mehr bilan kuzatib boramiz", — deyiladi "Reims"ning rasmiy saytida e'lon qilingan xabarda.

U asosiy jamoa safida barcha musobaqalarda 63 ta o'yin o'tkazgan va bitta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting