locale OZ

Akramjon Komilov OKMK jamoasini tark etdi

Futbolchi olmaliqliklar tarkibida 93 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini bir bor ishg‘ol etdi hamda jamoa g‘alabalariga munosib hissa qo‘shdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akramjon Komilov OKMK jamoasini tark etdi
photo: OKMK fk

OKMK FK jamoasi va yarim himoyachi Akramjon Komilov o‘rtasida o‘zaro tuzilgan shartnoma muddati yakuniga yetgani munosabati bilan futbolchi klubni tark etdi.

"2021-yildan buyon OKMK FK safida to‘p surib kelgan Akramjon Komilov jamoamiz libosida barqaror va fidokorona faoliyat olib bordi. Ushbu davr mobaynida u barcha musobaqalarni inobatga olgan holda, umumiy hisobda 93 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini bir bor ishg‘ol etdi hamda jamoa g‘alabalariga munosib hissa qo‘shdi.

OKMK FK Akramjon Komilovga klub rivoji yo‘lida qo‘shgan hissasi uchun chuqur minnatdorlik bildiradi va kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting