locale OZ

Akobir Qayumov: Raqib safida talabalar maydonga tushmasligini bilamiz

Pro liganing o’tgan turida Kattaqo'rg'on uchun rasmiy debyutini nishonlagan darvozabonni klub matbuoti suhbatga chorladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akobir Qayumov: Raqib safida talabalar maydonga tushmasligini bilamiz
photo: Kattaqo'rg'on FK

Pro liganing o’tgan turida Kattaqo'rg'on uchun rasmiy debyutini nishonlagan darvozabonni klub matbuoti suhbatga chorladi.

- Debyut yaxshi o’tdi. Darvozamiz yonida xavfli deb aytsa bo’ladigan vaziyatlar deyarli yuzaga kelmadi. Bunda ko’proq himoyachilarimizning hissasi bor. Ularga faol o’yin ko’rsatishgani uchun minnatdorchilik bildiraman.

- Ertaga Buxoro davlat universitetiga qarshi maydonga chiqamiz. Bo’lajak bahsdan qanday kutilmalaringiz bor?

- Raqib universitet jamoasi bo’lsa-da, tarkibida talabalar emas, professional futbolchilar to’p tepishini bilasiz. Ular orasida Superliga havosidan bahramand bo’lishga ulgurgan yigitlar ham bor. Barcha o’yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko’ryapmiz.

- “Kattaqo’rg’on”da Sardor Qobuljonov bilan birga o’ynayapsiz. U ligadagi eng yoshi katta futbolchilardan biri. Darvozabon uchun hamkasbi nisbatan tajribaliroq bo’lgani yaxshimi?

- Yoningizdagi sherigingiz qanchalik tajribali bo’lsa, shuncha ko’p narsa o’rganish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Faqat maydonda emas, uning tashqarisida ham. Sardor aka bilan 3-marta birga o’ynayapmiz. Bir-birimizni juda yaxshi bilamiz. Shu sababli hamkorlikda ishlash osonroq…

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting