Akmal Shorahmedov «Andijon»ni vaqtinchalik boshqaradi
Shorahmedov bugun “burgutlar” bilan ilk bahsini “Xorazm”ga qarshi o‘tkazadi.
Фото: Андижон ПФК
“Andijon” klubini Akmal Shorahmedov vaqtinchalik boshqaradi. Klub bu haqda Ligaga ma’lum qildi.
Ma’lumotda aytilishicha, bosh murabbiy Maksim Shatskix bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Shundan kelib chiqib, jamoa murabbiyi Akmal Shorahmedov asosiy jamoaning vaqtincha bosh murabbiyi vazifasini bajaradi.
Shorahmedov bugun “burgutlar” bilan ilk bahsini “Xorazm”ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv soat 18:15 da start oladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist