locale OZ

Akmal Rustamov: \"Tarkibmizda besh-olti nafar yo‘qotish bor edi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akmal Rustamov: "Tarkibmizda besh-olti nafar yo‘qotish bor edi"
PHOTO: Telegram

Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “So‘g‘diyona” (0:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida “konchilar” murabbiyi Akmal Rustamov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

"Bugungi o‘yin haqida gapiradagin bo‘lsam, taktik tomondan biroz o‘zgartirish qilishga harakat qildik. Bolalarga rahmat aytmoqchiman. Ular bugun astoydil harakat qilishdi. Tarkibmizda besh-olti nafar yo‘qotish bor edi. Shunga qaramay yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Agar yaratilgan vaziyatlardan foydalana olganimizda edi, g‘alaba biz tomonda bo‘lishi aniq edi. Bugun stadionga kelib bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytaman. Nasib etsa, keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Biz ko‘p o‘yinning ko‘p vaqtini himoyada o‘tkazgan bo‘lsakda, bizda gol kiritish uchun imkoniyatlar ko‘proq bo‘ldi. Hujumchilarimizga biroz tajriba yetishmadi, deb o‘ylayman. Yana bir bor futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular o‘yinga qo‘yilgan vazifani yuz foizga uddalashdi.",-deydi mutaxassis

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting