locale OZ

Akmal Rustamov: «Qo‘qon shamoli? Bunday ob-havoda har ikki jamoa o‘ynaydi»

«Qizilqum» ustozi «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akmal Rustamov: «Qo‘qon shamoli? Bunday ob-havoda har ikki jamoa o‘ynaydi»
Фото: Қизилқум ПФК

«Qizilqum» bosh murabbiyi Akmal Rustamov Superliga 21-tur doirasidagi «Qo‘qon-1912» (2:1)ga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Tanaffusdan foydalanib uchta o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazgandik. «Qo‘qon-1912»ni o‘rganib chiqqandik, ammo bugun ularning o‘yiniga moslashib qoldik. Yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. O‘yinni ko‘rib chiqib, tahlil qilamiz. Yigitlarga rahmat aytaman", — deya so‘z boshladi Rustamov.

— Ikkinchi bo‘limda qiziq holat bo‘ldi. Jamoangizning 5-raqamli o‘yinchisi Dilshod Komilovni zaxiraga olmoqchi bo‘ldingiz, ammo u xohlamadi. Jamoaning ichki muhiti yaxshi emasmi?

— Jamoada hammasi yaxshi, barchasi rejamiz bo‘yicha ketmoqda. U maydonda meni tushunmadi, bu vaziyatni o‘rganamiz.

— Bugungi Qo‘qon shamoli «Qizilqum»ga qanchalik qarshilik ko‘rsatdi?

— Bu ob-havoda «Qo‘qon-1912» ham, «Qizilqum» ham o‘ynaydi. Vaziyatlardan foydalanganimizda barchasi boshqacha bo‘lardi. Ob-havoni ayblamaslik kerak. Ushbu o‘yinni tahlil qilib, «Nasaf»ga qarshi tayyorgarlikni bugundan boshlaymiz.

— «Qizilqum» ayniqsa ikkinchi bo‘limda juda ham hujumkor harakat qildi. Navoiy jamoasi bunga qadar 9 ta o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmay kelayotgan edi va bu rekord yangilanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, jamoa oldingi o‘yinlarga nisbatan juda bosh ko‘rindi.

— Futbolchilarimga yana bir bor rahmat aytaman. Ular borlarini berishdi. Ehtimol shamol, ehtimol ob-havo ta’sir qilgandir. Bu o‘yinni tahlil qilganimizdan so‘ng aniq bo‘ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting