locale OZ

Akmal Ortiqov: «Quruq o‘yinlar» bu darvozabon va himoyachilarimizning mashg‘ulotlardagi mehnat samarasi»

Suhrob Sultonov “quruq o‘yinlar” bo‘yicha ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Akmal Ortiqov: «Quruq o‘yinlar” bu darvozabon va himoyachilarimizning mashg‘ulotlardagi mehnat samarasi»
Фото: Металлург ПФК

PFL telegramdagi rasmiy sahifasi orqali PRO-Liga darvozabonlari statistikasini e’lon qildi.

E’tiborli jihati, jamoa posboni Suhrob Sultonov “quruq o‘yinlar” bo‘yicha ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda.

Shu munosabat bilan "Metallurg" PFK darvozabonlar murabbiyi Akmal Ortiqovdan qisqa intervyu tashkillashtirdik.

Assalomu alaykum, Akmal aka. Chempionatning dastlabki 5 ta turi ortda qoldi. Quvonarli jihati shundaki, hozirga kelib aynan "Metallurg" klubi kiperi Suhrob Sultonov "quruq o‘yinlar" bo‘yicha ligada peshqadamlik qilmoqda. Buni kutganmidingiz?

Va alaykum assalom. Suhrob Sultonov tajribali darvozabon. Jamoaga taklif qilayotganda ham bu jihatga alohida e’tibor qaratganmiz. Biz unga to‘liq ishonamiz.
Bevosita "quruq o‘yinlariga" kelsak, bu Suhrob va himoya chizig‘i vakillarining mehnati samarasi degan bo‘lardim. Xudo xohlasa, mavsum davomida "quruq o‘yinlar" hali ko‘p bo‘ladi.

Chempionat startidagi o‘yinlarda jamoa g‘alaba qozongan bahslarda ham gol o‘tkazib yubordi. Bunga nima sabab bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
Mavsum starti doim qiyin kechadi. Bu istalgan jamoa va istalgan futbolchi uchun shunday. Tabiiyki, dastlabki o‘yinlarda xatolar ham uchrab turadi. Muhimi ularni to‘g‘rilab, takrorlamaslik. Ishonchim komil, asta-sekin Suhrob ham, jamoa ham o‘zining ishonchli o‘yinini topib boradi.

Tajribali Sultonovdan tashqari klub yana ikki posbon — Mohir Komilov va Dilruh Aliyevni liga ro‘yxatidan o‘tkazgan. Ushbu darvozabonlar haqida nima deya olasiz, ularning imkoniyatlariga qanday baho berasiz?
Darhaqiqat, tarkibimizda yana ikki yosh, umidli darvozabonlar bor. Ularning ikkisi ham o‘z vaqtini kutib, mashg‘ulotlarda astoydil mehnat qilyapti. Xudo xohlasa, Mohirning ham, Dilruhning ham imkoniyati, vaqti keladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting