locale OZ

Akmal Mozgovoy: Oxirigacha qo‘llab-quvvatlashingizni so‘raymiz

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati yarimhimoyachi bilan suhbat uyushtirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akmal Mozgovoy: Oxirigacha qo‘llab-quvvatlashingizni so‘raymiz
photo: gettyimages

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati yarimhimoyachi Akmal Mozgovoy bilan suhbat uyushtirdi.

«Jamoamizdagi kayfiyat a’lo darajada. Hamma kutib turibdi. Muxlislar kabi o‘zimiz ham turnir boshlanishini kutyapmiz. Tarixda birinchi bor jahon chempionatining final bosqichiga chiqa oldik. Juda ajoyib voqea bo‘ldi. Hamma uchun muhim. AQSHdagi yig‘in ham yaxshi o‘tyapti. Katta jamoalarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari tashkillashtirildi.

Tuyg‘ularni aytishga til ojiz. Yoshlikdan katta-katta futbolchilarni televizor orqali ko‘rib kelganmiz. Xudo xohlasa, endi esa ularga qarshi o‘ynaymiz. Aytib o‘tganimdek, kayfiyat a’lo darajada. Hamma boshlanishini kutib turibdi. Xudo xohlasa, yaxshi o‘yin ko‘rsatib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Ham AQSHda, ham O‘zbekistonda bizni ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlaydi. Bu qo‘shimcha yordam bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Katta grand jamoalarga qarshi bu bahslar ham jismoniy jihatdan, ham ruhiy jihatdan ulkan tajriba bo‘ladi. Maydonga tushganda shu murabbiylar ko‘rsatmalari bo‘yicha harakat qilamiz.

Maqsadim imkoniyatdan kelib chiqib ko‘proq o‘ynash, o‘zimni ko‘rsatish. Jamoaviy o‘rin birinchi o‘rinda. Jamoa ijobiy natija ko‘rsatib, guruhdan chiqib, maksimal ravishda harakat qilish.

Hammaga katta rahmat. Oxirigacha qo‘llab-quvvatlashingizni so‘raymiz. Biz buni his qilib turibmiz», - dedi Mozgovoy.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting