locale OZ

Akmal Mozgovoy BAA klubiga o'tdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akmal Mozgovoy BAA klubiga o'tdi
Photo: Nasaf PFk

"Nasaf" sobiq futbolchisi Akmal Mozgovoy faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradi.

2024 yilda "Superliganing eng yaxshi futbolchisi" sovrinini qo'lga kiritgan Mozgovoy "Baniyas" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

"Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Akmal jamoa bilan birga 3 marotaba O'zbekiston Kubogi, 3 marotaba Superkubokni, bir martadan Superliganing oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritdi.

“Jamoamizga unutilmas lahzalarni taqdim etgani, fidoyiligi va sadoqati uchun Akmal Mozgovoyga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Klubimizning barcha a'zolari va minglab muxlislarimiz nomidan unga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar va omad tilaymiz”, - deyiladi xabarda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting