locale OZ

Akanji: «Endi guruhda birinchi o‘rinni egallashni istaymiz»

Shveytsariya guruhda 4 ochkoga ega.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akanji: «Endi guruhda birinchi o‘rinni egallashni istaymiz»
ФОТО: Getty images

Shveytsariya milliy jamoasi himoyachisi Manuel Akanji JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida Bosniyaga qarshi uchrashuvdagi 4:1 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi.

«Turnirdagi ilk g‘alabani qo‘lga kiritish juda muhim edi. Chunki Qatar bilan durangdan so‘ng OAV va jamoatchilik orasida ko‘plab muhokamalar va tanqidlar paydo bo‘ldi. Bu futbolning bir qismi, ammo ayrim masalalar kiyinish xonasida qolishi kerak deb o‘ylayman.

Biz maydonda sabr-toqat, to‘g‘ri strategiya va muvaffaqiyatli o‘zgarishlar orqali javob berdik. Endi guruhda birinchi o‘rinni egallashni istaymiz. Bu bizga o‘z darajamizni saqlab qolishga yordam beradi», — deya qo‘shimcha qildi futbolchi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting