Akademiyalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi
Musobaqa davomida yosh futbolchilar o‘z mahorati, tezkorligi va jamoaviy o‘yini bilan ajralib turishdi. Har bir uchrashuv keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
photo: UFA
Bugun Milliy futbol markazida O‘FA huzuridagi futbol akademiyalar o‘rtasida 2013-yilda tug‘ilgan futbolchilar ishtirokidagi O‘zbekiston kubogi musobaqasining hal qiluvchi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida yosh futbolchilar o‘z mahorati, tezkorligi va jamoaviy o‘yini bilan ajralib turishdi. Har bir uchrashuv keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
Birinchi o'rin — Farg'ona FA
Ikkinchi o'rin — Toshkent viloyati FA
Uchinchi o'rin — Andijon FA
Musobaqa yakunida tashkilotchilar tomonidan g‘olib va sovrindor jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor