Akademiyalar Kubogi – 2025 yakuniga yetdi
G'olib va sovrindor jamoalarga O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan taqdirlandi.
Фото: ЎФА
Sirdaryo viloyati futbol akademiyasida 4–9 noyabr kunlari futbol bo'yicha 2013-yilda (U-12) tug'ilgan yosh futbolchilar o'rtasida hududiy viloyat futbol akademiyalari o'rtasida “Akademiyalar Kubogi – 2025” musobaqasi bo'lib o'tdi.
Mazkur turnirda 14 ta akademiya ishtirok etib, g'oliblik uchun bahs olib bordi.
Musobaqa yakuniga ko'ra:
1-o'rin — Andijon futbol akademiyasi
2-o'rin — Sirdaryo futbol akademiyasi
3-o'rin — Toshkent viloyati futbol akademiyasi
G'olib va sovrindor jamoalarga O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan kubok, medal va esdalik sovg'alari topshirildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist