locale OZ

Aichi–Nagoya 2026 yozgi Osiyo o‘yinlari va Dakar 2026 yoshlar Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi

Uchrashuvda O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi Shohid Tillaboyev ham ishtirok etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aichi–Nagoya 2026 yozgi Osiyo o‘yinlari va Dakar 2026 yoshlar Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi
Photo: MOQ

Aichi–Nagoya 2026 yozgi Osiyo o‘yinlari va Dakar 2026 yoshlar Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.

Bugun Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov Aichi–Nagoya 2026 yozgi Osiyo o‘yinlari va Dakar 2026 yoshlar Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston boks federatsiyasiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi Shohid Tillaboyev ham ishtirok etdi.

Tashrif davomida milliy terma jamoalarimizning nufuzli kompleks musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari batafsil ko‘rib chiqildi. Jumladan, sportchilarning jismoniy va ruhiy holati, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining borishi, tayyorgarlik rejalari, xalqaro musobaqalar taqvimi hamda istiqbolli bokschilar bilan olib borilayotgan seleksiya va tayyorlov ishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, sportchilarning musobaqalarga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rishi uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tayyorgarlik jarayonining samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida Aichi–Nagoya 2026 yozgi Osiyo o‘yinlari va Dakar 2026 yoshlar Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etish, yuqori natijalarga erishish maqsadida tayyorgarlik ishlarini belgilangan reja asosida izchil davom ettirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting