locale OZ

Aguero Holand uning “Manchester Siti”dagi rekordini yangilashiga ishonmoqda

Argentinalik sobiq hujumchi norvegiyalik futbolchining hozirgi sur’atda davom etishi bunga yetarli bo‘lishini ta’kidladi.
Aguero Holand uning “Manchester Siti”dagi rekordini yangilashiga ishonmoqda
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” afsonasi Serxio Aguero Erling Holand klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar sifatidagi rekordini yangilashi mumkinligini aytdi. Argentinalik sobiq hujumchi norvegiyalik futbolchining hozirgi sur’atda davom etishi bunga yetarli bo‘lishini ta’kidladi. Bu haqda Aguero Stake Football’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Aguero Holandni dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri deb hisoblaydi. “Agar u shu tarzda davom etsa, meni ortda qoldirmasligi deyarli imkonsiz. U rekordimni yangilasa ham, men klub tarixidagi eng yaxshi futbolchilar qatorida qolaman. Eng muhimi, Holand gollari bilan ‘Siti’ga o‘yinlar va sovrinlarni yutishda yordam bersin”, — dedi Aguero.

Aguero, shuningdek, Holandning ketma-ket bir necha mavsum yuqori natija ko‘rsatayotganini alohida ta’kidladi. Uning fikricha, bunday barqarorlik tasodif emas va norvegiyalik hujumchining klub uchun qanchalik muhim futbolchiga aylanganini ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, Aguero “Manchester Siti” tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib, klub safida 390 uchrashuvda 260 ta gol urgan. Holand esa 2022-yildan buyon “shaharliklar” safida to‘p tepib, hozirgacha 204 o‘yinda 168 ta gol qayd etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting