locale OZ

AGMK yoki OKMK? Futboldagi abbreviatura bahsi yana kun tartibida

Igor Sergeevning “ruscha” talaffuzi muxlislar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

“Paxtakor”ning Olmaliq klubidan 1:2 hisobida kutilmagan mag‘lubiyati nafaqat o‘yin, balki maydon tashqarisida ham qiziqarli bahslarga sabab bo‘ldi. O‘yindan so‘ng Igor Sergeevning samimiy va ochiq fikrlari ko‘pchilikka ma’qul keldi, ammo asosiy e’tibor uning klub nomini “AGMK” deb atashiga qaratildi. Bu haqda xalqaro jurnalist Aleksandr Troitskiyning kanali ham to‘xtalib o‘tdi.

Shu orqali futbol muhitidagi eski savol yana kun tartibiga chiqdi: klub nomi qanday to‘g‘ri aytilishi kerak? Ayrimlar “tozalik”ni saqlash uchun “OKMK” atamasini ma’qul ko‘radi. Boshqalar esa, jumladan Sergeev ham, bolalikdan o‘rganilgan “AGMK”ni ishlatishda davom etmoqda.

Qizig‘i shundaki, klubning asosi bo‘lgan zavodning rasmiy saytida hamon “AGMK” deb rus tilida yoziladi. Shu bois ko‘pchilik nomni o‘zgartirishga shoshilmaydi. Biroq Rossiyadagi sport OAV va blogerlar, xususan “Match TV” va “Sovetskiy sport”, ehtiyot chorasi sifatida “OKMK”dan foydalanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting