Agexonaning jarohati kutilganidan jiddiyroq boʻlib chiqdi
«Portu» jamoasining ispaniyalik hujumchisi Samuel Agexovaning jarohati kutilganidan ancha og‘ir bo‘lib chiqdi. Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishiga ko‘ra, futbolchi nafaqat joriy mavsumning qolgan qismini va JCh-2026 bahslarini o‘tkazib yuboradi, balki 2026 yilning oxiriga qadar maydonga qayta olmasligi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, «ajdaholar» forvardi 9 fevral kuni Portugaliya Primeyra ligasining 21-turi doirasidagi «Sporting»ga qarshi bahsda (1:1) tizzasidan jarohat olib, tanaffusda almashtirilgan edi. Tibbiy ko‘rik natijalari futbolchining tizzasidagi oldingi xochsimon boylamlari uzilganini tasdiqladi.
Samuelning «Portu» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. U joriy mavsumda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi