Agentlarim «Liverpul» bilan muzokara o'tkazmoqda\" — Konate
Konate "Liverpul"da 2021 yilning yozidan beri o'ynamoqda.
ФОТО: Getty images
"Liverpul" himoyachisi Ibrohima Konate mersisaydliklar bilan shartnomasini uzaytirish imkoniyatlari haqida gapirdi. Fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.
"Oxirgi paytlarda matbuotda ko'p xabarlarni ko'rdim, masalan, "Liverpul" menga yangi taklif bilan chiqdi... Bu qayerdan kelganini bilmayman. Mening agentlarim "Liverpul" bilan muzokaralar olib borishmoqda va umid qilamanki, qarorim tez orada qabul qilinadi va men buni e'lon qila olaman", — deya Konate so'zlarini keltiradi Footmercato nashri.
Konate "Liverpul"da 2021 yilning yozidan beri o'ynamoqda. Fransuz avvalroq "RB Leyptsig"da o'ynagan. OAV xabariga ko'ra, 26 yoshli markaziy himoyachiga "Real Madrid" qiziqish bildirmoqda
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist