locale OZ

Agar Yan Diomande «PSJ»ga o‘tishni ustuvor vazifa deb hisoblasa, Chempionlar ligasining amaldagi g‘oliblari muzokaralarga kirishadilar

Parij klubi rahbariyati «Leypsig»ning ivuarlik vingeri transferi bo‘yicha hali aniq qadamlarni tashlagani yo‘q.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Agar Yan Diomande «PSJ»ga o‘tishni ustuvor vazifa deb hisoblasa, Chempionlar ligasining amaldagi g‘oliblari muzokaralarga kirishadilar
photo: gettyimages

«PSJ» faol harakatga o‘tishdan oldin Yan Diomandening qarorini kutmoqda, deb xabar beradi jurnalist Fabris Xokins.

Ayni paytda Parij klubi rahbariyati «Leypsig»ning ivuarlik vingeri transferi bo‘yicha hali aniq qadamlarni tashlagani yo‘q. Agar Yan Diomande «PSJ»ga o‘tishni ustuvor vazifa deb hisoblasa, Chempionlar ligasining amaldagi g‘oliblari muzokaralarga kirishadilar.

Biroq, futbolchi uzil-kesil qarorga kelmaguncha, parijliklar «Leypsig»ga rasmiy taklif bilan chiqishmaydi. Nemis klubi ham futbolchining o‘z javobini kutmoqda.

O‘z navbatida, «Liverpul» ham Diomande bilan shartnoma imzolash niyatida va allaqachon «Leypsig»ga o‘z takliflarini yuborgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting