locale OZ

Agar «Vest Hem» Chempionship'ga tushib ketsa, futbolchilarini ommaviy ravishda sotuvga qoʻyadi

Hozirda jamoaning taqdiri qil ustida turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Agar «Vest Hem» Chempionship'ga tushib ketsa, futbolchilarini ommaviy ravishda sotuvga qoʻyadi
FOTO: Getty Images

Londonning «Vest Hem» klubi agar jamoa 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga koʻra Angliya Premyer-ligasidagi oʻrnini saqlab qola olmasa, futbolchilarini ommaviy ravishda sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Manba bergan maʼlumotlarga koʻra, klub moliyaviy barqarorlikni taʼminlash va moliyaviy feyr-pley (FFP) qoidalariga rioya qilish uchun kamida 100 million funt sterling (€ 115 mln) atrofida futbolchilarni sotishiga toʻgʻri keladi.

Ayni damda «Vest Hem» APL turnir jadvalida 36 ochko bilan 18-oʻrinni egallab turibdi va 17-pogʻonadagi «Tottenhem»dan ikki ochkoga ortda qolmoqda. «Bolgʻachilar»ning mavsumda faqatgina bitta oʻyini qolgan, «shporlar»da esa — ikkita. Agar bugun, 19 may seshanba kuni «Tottenhem» «Chelsi»ni magʻlub etsa, «Vest Hem» muddatidan oldin Chempionshipga ravona boʻlishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting