Agar «Tottenhem» APLdan tushib ketsa, jamoa futbolchilarining maoshi sezilarli darajada kamayadi
Hozirda «shporlar» turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.
FOTO: Getty Images
Agar «Tottenhem» mavsum yakuniga ko‘ra Angliya Premyer-ligasini tark etsa, jamoa futbolchilarining maoshi sezilarli darajada kamayadi. Bu haqda The Athletic nashri insayderi Devid Ornshteyn xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, London klubi o‘yinchilarining aksariyat shartnomalarida jamoa Chempionshipga tushib ketgan taqdirda, maoshlarni taxminan 50 foizga qisqartirish haqidagi band mavjud.
Ayni damda «Tottenhem» 29 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. Xavfli zonada borayotgan «Vest Hem» (18-o‘rin) hisobida esa 25 ochko mavjud.
Nasrullo Karimov
Jurnalist