locale OZ

Agar «Real» «Espanyol»ga qarshi oʻyinda ochko yoʻqotsa, «Barselona» chempionlik paradi oʻtkazadi

Uchrashuv bugun 00:00 da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Agar «Real» «Espanyol»ga qarshi oʻyinda ochko yoʻqotsa, «Barselona» chempionlik paradi oʻtkazadi
FOTO: Getty Images

«Barselona» jamoasi agar Madridning «Real» klubi La Ligadagi 34-tur uchrashuvida «Espanyol»ga qarshi bahsda ochko yo‘qotsa, dushanba, 4 may kuni chempionlik paradini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, klub rahbariyati tantanali tadbirlar jadvalini allaqachon ishlab chiqqan. Agar matematik jihatdan chempionlik tasdiqlansa, ochiq avtobusdagi bayram paradi belgilangan kunda bo‘lib o‘tadi. An’anaga ko‘ra, futbolchilar 2023 va 2025 yillarda bo‘lgani kabi «Spotifay Kamp Nou» stadionidan Zafar arkasiga qadar bo‘lgan masofani bosib o‘tishlari kutilmoqda.

«Osasuna» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng, kataloniyaliklar 88 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ayni damda «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi farq 14 ochkoni tashkil etmoqda. Alvaro Arbeloa shogirdlarining har qanday ochko yo‘qotishi chempionat yetakchisini raqiblar uchun yetib bo‘lmas darajaga olib chiqadi.

«Real» va «Espanyol» o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 3 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (4 mayga o‘tar kechasi) start oladi. Aynan shu o‘yin natijasi «Barselona»ning muddatidan oldin rasman chempion bo‘lish-bo‘lmasligini hal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting