Agar “Real” “Atletik”ga qarshi o'yinda ochko yo'qotsa, Anchelotti iste'foga chiqarilishi mumkin - Relevo
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
20.04.2025, Yak.
Real Madrid
1
Athletik
0
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti agar jamoa Ispaniya La Ligasining 32-turidan o'rin olgan “Atletik Bilbao”ga qarshi o'yinda ochko yo'qotsa, iste'foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda Relevo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Qirollik klubi” rahbariyati “Atletik” bilan o'yin orqali Anchelotti jamoasining ishonchliligini sinovdan o'tkazmoqchi. Agar ushbu o'yinda qoniqarsiz natija qayd etilsa, italiyalik mutaxassis iste'foga chiqariladi va uning o'rniga vaqtinchalik bosh murabbiy tayinlanadi.
Ma'lumot uchun, “Real Madrid” va “Atletik Bilbao” o'rtasidagi bahs bugun, 20-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da “Santyago Bernabeu” stadionida start oladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist