locale OZ

Agar Mareska bosh murabbiy etib tayinlansa, «Chelsi» «Man Siti» ustidan shikoyat qiladi — manba

Londonliklar italiyalik mutaxassis yashirincha «shaharliklar» bilan muzokara olib borganidan gʻazabda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Agar Mareska bosh murabbiy etib tayinlansa, «Chelsi» «Man Siti» ustidan shikoyat qiladi — manba
FOTO: Getty Images

«Chelsi» klubi agar «Manchester Siti» Enso Mareskani bosh murabbiy etib tayinlasa, «shaharliklar»dan katta miqdorda tovon puli talab qilish niyatida. Agar kompensatsiya toʻlanmasa, London klubi surishtiruv ishlari olib borilishi uchun Angliya Premyer-ligasiga rasman murojaat qilishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manba bergan maʼlumotlarga koʻra, «Chelsi» rahbariyati italiyalik mutaxassisning hali «koʻklar»ni boshqarib turgan kezlarda «Manchester Siti» bilan yashirincha muzokaralar olib borganidan gʻazabda. Endilikda Mareska «shaharliklar» boshqaruviga kelishga juda yaqin turgani sababli, «Chelsi» qatʼiy choralar koʻrishni boshlamoqchi.

Agar klublar bu masalada oʻzaro tinch yoʻl bilan kelisha olishmasa, «Chelsi» Premyer-ligaga shikoyat kiritadi. Bunda londonliklar «Manchester Siti» rahbariyati Mareska hali «Stemford Bridj»da faoliyat yuritayotgan paytda qoidalarni buzgan holda u bilan aloqaga chiqqanini asosiy dalil sifatida koʻrsatishni rejalashtirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting