locale OZ

Agar «Man Siti» moliyaviy qoidabuzarlik uchun jazolansa, APL 2,8 milliard yevro yoʻqotishi mumkin

Avvalroq «shaharliklar»ga 115 ta band boʻyicha ayblov qoʻyilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Agar «Man Siti» moliyaviy qoidabuzarlik uchun jazolansa, APL 2,8 milliard yevro yoʻqotishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» klubi rahbariyati Angliya Premyer-ligasi tomonidan moliyaviy qoidalarning 115 bor buzilishi bo‘yicha chiqariladigan yakuniy hukmning kechikish sababini ma’lum qildi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, hukmning kechikishi uning ortidan kelib chiqadigan jiddiy oqibatlar bilan bog‘liq. Agarda «shaharliklar» chempionatdan chetlatiladigan bo‘lsa, bu APLga 2,5 milliard funt sterlingga (2,8 mlrd yevro) tushishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, «Manchester Siti» turnirni tark etgan taqdirda, jamoani nafaqat Xosep Gvardiola, balki Erling Holand kabi jahon darajasidagi yulduzlar ham ommaviy ravishda tark etishadi. Bu esa translyatsiya huquqiga ega bo‘lgan telekanallarga APL bilan shartnomalarni bekor qilish huquqini beradi. Natijada liga bir zumda bir necha milliardlik daromadidan mahrum bo‘lishi xavfi mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Premyer-liga 2023 yilning fevral oyida «Manchester Siti»ga moliyaviy qoidalarni buzgani bo‘yicha rasmiy ayblov qo‘ygan edi. APL hujjatida jami 115 ta band ko‘rsatilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting