locale OZ

Agar Konseysau ketsa, «Yuvetnus» Grinvudni jamoaga olib kelmoqchi

Hozirda turinliklar vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Agar Konseysau ketsa, «Yuvetnus» Grinvudni jamoaga olib kelmoqchi
FOTO: Getty Images

Turinning «Yuventus» klubi «Marsel» qanot hujumchisi Meyson Grinvudni transfer qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishiga ko‘ra, 24 yoshli ingliz futbolchisi jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Fransishku Konseysauga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.

Ayni damda Konseysauga Angliyaning «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Yuventus» rahbariyati Konseysau atrofidagi vaziyat qanday rivojlanishini va Edon Jegrova transferi bo‘yicha tushishi mumkin bo‘lgan takliflarni kutmoqda. Shu omillar asosida Grinvudni sotib olish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi.

Meyson Grinvud joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘zining sermahsulligini namoyish etdi. U raqiblar darvozasiga 25 ta gol kiritish bilan birga, 10 ta samarali uzatmani ham amalga oshirdi.

Futbolchining «Marsel» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati ayni paytda 55 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting