Agar Isakda jarohat aniqlansa, qancha muddatga safdan chiqishi maʼlum
«Liverpul» hujumchisi Aleksander Isak «Tottenhem»ga qarshi uchrashuvda (2:1) olgan jarohati tufayli, agar oyog‘ida sinish tasdiqlansa, bir necha oy maydonga tusha olmasligi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha aniq tashxis qo‘yilmagan, biroq klubda bunday ssenariydan xavotir bor va mersisaydliklar futbolchisiz uzoq muddat o‘ynashiga to‘g‘ri kelishi ehtimoli istisno etilmayapti.
Avvalroq klub hujumchida xochsimon bog‘lam jarohati yo‘qligini ma’lum qilgan edi.
Isak Angliya Premyer-ligasining 17-turi doirasida «Tottenhem»ga qarshi bahsda chap oyog‘ining pastki qismidan jarohat olib, noma’lum muddatga safdan chiqdi.
Futbolchi 60-daqiqada, o‘zi kiritgan goldan so‘ng darhol maydonni tark etdi. Umuman olganda, shvetsiyalik hujumchi «Liverpul» safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.