locale OZ

Agar Eron JCh-2026'ga bormasa, FIFA qanday yoʻl tutishi maʼlum boʻldi

Bu holatda Italiyada yana bir imkoniyat paydo boʻlishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Agar Eron JCh-2026'ga bormasa, FIFA qanday yoʻl tutishi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) agar Eron terma jamoasi JCH-2026 da ishtirok etishdan bosh tortsa, qit’alararo pley-off o‘yinlarini tashkil etish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli Eron Jahon chempionatiga bormasligi mumkin. Bunday holatda saralashdan o‘ta olmagan jamoalarda turnirga yo‘llanma olish uchun imkoniyat paydo bo‘ladi. Kutilishicha, potensial pley-off bahslarida Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA)dan ikkitadan terma jamoa ishtirok etadi.

Shu tariqa, saralashning hal qiluvchi o‘yinida Bosniya va Gersegovina termasiga imkoniyatni boy bergan Italiya terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashishda yana bir imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting