Agar «Chelsi» Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmasa Rosenyor isteʼfoga chiqarilishi mumkin — manba
Agar Londonning «Chelsi» klubi joriy mavsum yakuniga ko‘ra Chempionlar Ligasi hududidan (kuchli to‘rtlik) joy ololmasa, jamoa bosh murabbiyi Liam Rosenyorning kelajagi «noaniq» bo‘lib qoladi. Bu haqda The Touchline nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, «ko‘klar» rahbariyati jamoa tarkibi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, Angliya Premyer-ligasini kuchli to‘rtlikda yakunlash majburiy vazifa deb hisoblamoqda.
Ma’lumot uchun, 27 ta turdan so‘ng Rosenor shogirdlari 45 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 4-pog‘onasini band etib turishibdi.
Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli mutaxassis joriy yilning 8 yanvar kuni «Chelsi» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning qo‘l ostida londonliklar barcha musobaqalarda 12 ta o‘yin o‘tkazib, 8 g‘alaba, 2 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etdi. Rosenorning klub bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilga qadar imzolangan.