Agar Bernardu Silvani «Barselona»ga kelsa, Reshford jamoadan ketadi
«Barselona» klubi tomonidan yarim himoyachi Bernardu Silvaning ehtimoliy transfer qilinishi «Manchester Yunayted»dan ijaraga olingan qanot hujumchisi Markus Rashfordning jamoada qolish imkoniyatini butunlay yoʻqqa chiqaradi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Manbaning taʼkidlashicha, portugaliyalik futbolchining kelishi hamda «Nyukasl»dan vinger Entoni Gordonning kutilayotgan transferi sababli «tarkibda ingliz hujumchisi uchun joy qolmaydi».
Soʻnggi vaqtlarda «koʻk-anorranglilar» va Silvaning agenti oʻrtasidagi muzokaralar sezilarli darajada ijobiy tomonga siljigan. «Barselona»ga tekinga (erkin agent maqomida) oʻtishi mumkin boʻlgan yarimhimoyachining maoshi klub uchun muammo tugʻdirmaydi.
30 iyun kuni Bernarduning 2017 yildan buyon toʻp surib kelayotgan «Manchester Siti» bilan shartnomasi yakuniga yetadi. Yakunlanayotgan mavsumda portugaliyalik futbolchi barcha turnirlarda 53 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.