locale OZ

Agar «Barselona» Alvaresni qoʻlga kirita olmasa, La Liganing ikkinchi eng yaxshi toʻpurari nomzodini koʻrib chiqadi — manba

Kataloniyaliklar yozda hujum chizigʻini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Agar «Barselona» Alvaresni qoʻlga kirita olmasa, La Liganing ikkinchi eng yaxshi toʻpurari nomzodini koʻrib chiqadi — manba
FOTO: Getty Images

«Barselona» klubi agar Madridning «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni qo‘lga kirita olmasa, hujum chizig‘i uchun muqobil variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Ayni paytda Ispaniya chempionati to‘purarlari poygasida ikkinchi o‘rinda borayotgan «Malyorka» hujumchisi Vedat Muriki asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Kosovolik 31 yoshli forvardning shartnomasida 40 million yevro miqdorida tovon puli ko‘rsatilgan. Shunga qaramay, futbolchining transferi ancha arzonroqqa tushishi ham mumkin.

Joriy mavsumda Muriki La Ligada 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Faqatgina Madridning «Real» klubi a’zosi Kilian Mbappe (23 ta gol) undan ko‘proq to‘p kiritgan.

Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Malorka» o‘yinchisining bozor qiymati 4,5 million yevroni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting