locale OZ

Agar «Aston Villa» YECHLga yo‘l ololmasa, Rogers jamoani tark etadi

Futbolchiga “Chelsi” va “Liverpul” klublari qiziqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Agar «Aston Villa» YECHLga yo‘l ololmasa, Rogers jamoani tark etadi
ФОТО: Getty images

“Aston Villa” yarim himoyachisi Morgan Rogers joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, agar “Aston Villa” kelasi mavsum uchun Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, 23 yoshli futbolchi klubdan ketish variantini ko‘rib chiqadi.

Futbolchiga “Chelsi” va “Liverpul” klublari qiziqmoqda.

Rogers 2024 yil fevralidan beri “Aston Villa” sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 42 ta o‘yinda ishtirok etdi, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Rogersning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting