Agar «Arsenal» joriy mavsum bironta sovrin yuta olmasa, Arteta isteʼfoga chiqarilishi mumkin
Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, agar «Arsenal» joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasi yoki Chempionlar Ligasida g‘olib chiqa olmasa, jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘z lavozimidan ozod etilishi mumkin.
London klubi rahbariyatida bunday shubhalar paydo bo‘lishiga so‘nggi bir necha mavsum davomida tarkibni kuchaytirish uchun katta mablag‘ sarflanganiga qaramay, jamoaning yirik sovrinlarni qo‘lga kirita olmayotgani sabab bo‘lmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, klub mutasaddilari ispaniyalik mutaxassis o‘rniga munosib nomzod ham topib ulgurishgan. Bu o‘ringa ayni damda Italiyaning «Komo» klubini boshqarayotgan va jamoasi bilan yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan Sesk Fabregas nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.
Ma’lumot uchun, Mikel Arteta 2019 yildan buyon «Arsenal»ni boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 20 iyuniga qadar imzolangan.