locale OZ

“Afsuslanaman, lekin xursandman” — Dorohov Fayzullaevning ketishiga izoh berdi

CSKA muxlisi va yumorist Denis Dorohov o‘zbekistonlik futbolchining Turkiyaga ketishi haqida fikr bildirdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Offside.kz

CSKA jamoasining mashhur muxlisi va komediya ustasi Denis Dorohov Abbosbek Fayzullaevning Turkiyaning «Istanbul Basaksehir» klubiga transferi yuzasidan fikr bildirdi. U afsusini yashirmadi, biroq futbolchining tanlovini ham tushunish mumkinligini ta’kidladi.

«Eng ko‘p achinarli tomoni — uning ketgani. U bilan shaxsan tanishman, bir necha bor uchrashganmiz. Juda yaxshi bola. Lekin bu uning hayoti va rostini aytsam, unda bunday imkoniyat paydo bo‘lganidan xursandman», — dedi Dorohov.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Fayzullaev 30 iyul kuni turk klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. U 2023 yil yozda «Paxtakor»dan CSKAga o‘tgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting