locale OZ

Afsonaviy italiyalik futbolchi Franko Barezi vafot etdi

Barezi professional faoliyati davomida faqat “Milan” sharafini himoya qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Afsonaviy italiyalik futbolchi Franko Barezi vafot etdi
Foto: Getty Images

Italiya futboli afsonasi, “Milan” va Italiya terma jamoasining sobiq sardori Franko Barezi 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Milan” klubi rasman ma'lum qildi.

Barezi professional faoliyati davomida faqat “Milan” sharafini himoya qilgan. U 20 yil davomida “rossonerilar” safida to‘p surib, 700 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushdi hamda olti marta A Seriya, uch marta Yevropa Chempionlar kubogi/UEFA Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi. Klub uning 6-raqamli futbolkasini abadiylashtirgan.

Italiya terma jamoasi safida Franko Barezi 1982-yilgi jahon chempionatida chempionlikni qo‘lga kiritgan, shuningdek, 1994-yilgi mundial finalida jamoa sardori sifatida maydonga tushgan. U futbol tarixidagi eng buyuk himoyachilardan biri sifatida e'tirof etiladi.

So‘nggi yillarda Barezi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan edi. Uning vafoti munosabati bilan futbol olamining ko‘plab namoyandalari va klublari ta'ziya bildirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting