Afsonalar bellashuvi: O‘zbekiston va Rossiya faxriylari durang qayd etdi
14 avgust kuni O‘zbekiston va Rossiya faxriylari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bayramona kayfiyat va murosasiz kurash ruhida o‘tdi. Qiziqarli epizodlarga boy bellashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Tribunalarda qo‘llab-quvvatlash baland, maydonda esa hurmat va sport ruhi ustuvor bo‘ldi.
Gol muallifi Timur Kapadze o‘yindan so‘ng maydonda afsonalar bilan birga bo‘lishdan mamnun ekanini ta’kidladi:
“Yoshligimizdan havas qilgan futbolchilar bilan birga to‘p tepganimiz katta sharaf. Bayram-bayramdek bo‘ldi. Dasaevga gol uraman degan niyat bilan maydonga tushdim — bu alohida zavq, chunki u o‘z davrining eng yaxshi darvozaboni edi. Eng muhimi, o‘yin yaxshi o‘tdi”.
Kapadzening bu so‘zlari bellashuv muhitining mohiyatini ifodaladi — afsonalarga hurmat, bolalikdagi idealarga yaqin turish hissi va o‘yindan olingan haqiqiy zavq.