Afrika Millatlar kubogi. Nigeriya Mozambik darvozasiga naq 4 ta gol urdi
Nigeriya terma jamoasi chorak finalda Jazoir – Kongo g'olibi bilan kuch sinashadi.
ФОТО: Getty images
Nigeriya terma jamoasi Afrika Millatlar kubogining pley-off bosqichida Mozambik bilan to'qnash kelib, 4:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
To'qnashuvning 25-daqiqasida Ademola Lukman o'yindagi hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o'tib, Viktor Osimhen ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. 47-daqiqada esa "Galatasaray" hujumchisi dublni rasmiylashtirib, farqni 3 tagacha yetkazib qo'ydi. Bundan tashqari, Akor Adams 75-daqiqada jamoasining to'rtinchi goliga mualliflik qildi.
Shunday qilib, nigeriyaliklar chorak final yo'llanmasiga ega bo'lishdi.
Ma'lumot uchun, Nigeriya terma jamoasi chorak finalda Jazoir – Kongo g'olibi bilan kuch sinashadi.
Afrika Millatlar Kubogi. 1/8 final
Nigeriya – Mozambik 4:0
Gollar: Lukman 25, Osimhen 30, 47, Adams 75
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist